Kaliforniyada portlash yuz berishi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi jarohatlandi. Bu haqda CBC News xabar berdi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, portlash Palm-Springs shahrida reproduktiv tibbiyot klinikasi yaqinidagi avtomobilda sodir bo‘lgan.
Polisiya portlash ataylab uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Hodisa bo‘yicha tergovni FQB olib bormoqda.