Janubiy Kaliforniyadagi katta o‘rmon yong‘inlari qoldiqlari va boshqa oqibatlarini tozalash kamida olti oy davom etadi.
Bu haqda AQSh favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentligi (FEMA) vakili Diann Krisvell ma’lum qildi.
FEMA shuningdek, tozalash ishlarining to‘liq xarajatlarini qoplaydi, dedi u.
"Xududlarni vayronalar va yong‘inning boshqa oqibatlaridan tozalash uchun olti oydan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi" - deb ta’kidladi u va bu muddatdan keyin oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etishini qo‘shimcha qildi.