Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

Ka’ba "yangi" libosini qachon kiyadi?

A A A
Ka’ba "yangi" libosini qachon kiyadi?

Saudiya Arabistonidagi rasmiy OAVning xabar berishicha, Ka’baning kisvasini almashtirish marosimi 10 avgust, shanba kuni bomdod namozidan keyin boshlanadi. Marosimda mazkur ishga mas’ul bo‘lgan 160 kishi ishtirok etadi.

Masjidul Harom ishlari bo‘yicha rahbar malahatchisi Ahmad Mansuriyning so‘zlariga ko‘ra, qirol Abdulaziz majmuasida kisvani tayyorlash uchun 200 ga yaqin kishi ishlaydi. Ularning bari Saudiya Arabistoni fuqarolaridir. Kisvani tayyorlash uchun 670 kilogram qora rangga bo‘yalgan ipak, 120 kilogram tilla ip va 100 kilogram kumush ipdan foydalaniladi.

Kisvaga ushbu iplar bilan naqsh va turli yozuvlar yoziladi, jumladan,, «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh», «Subhanallohi va bihamdihi», «Subhanallohil-azim»”. Bu yozuvlar kisvaning barcha tomonida yoziladi.

Eslatib o‘tamiz, Saudiaga tashrif buyurgan chet ellik ziyoratchilar soni 1,8 million kishiga yetgan. Shuningdek, mahalliy hojilar uchun 235 mingta ruxsatnoma berilgan.

Kiritildi: 20:59 08.08.2019. O'qildi: 2380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!