Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Vols The Atlantic nashri muharririni tasodifan maxfiy Signal guruh chatiga qo‘shib qo‘ydi. Ushbu chatda maxfiy operasiyalar, jumladan, Yaman husiylariga qarshi rejalashtirilayotgan hujumlar muhokama qilingan.
Guruhda 18 kishi bo‘lib, ular orasida AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset, Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakil Stiv Uitkoff, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Vols va ichki xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Stiven Miller ham bor edi.
Chatda AQShning Yamandagi harbiy operasiyalari, jumladan, qurollar, vaqt va nishonlarga oid batafsil rejalar muhokama qilingan.
Dastlab jurnalist buni hazil deb o‘ylagan, biroq bir necha soat o‘tib AQSh Yamanga hujumlarni boshlab yuborgan.