Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Jurnalist o‘zbek kinosi qozoq kinosidan ortda qolganini aytdi

A A A
Jurnalist o‘zbek kinosi qozoq kinosidan ortda qolganini aytdi

Jurnalist Bobur Jalolov o‘zbek kinosi qozoq kino sanoatidan ortda qolganini yozgan. U Qozog‘istonda suratga olingan "To‘maris" filmini ko‘rgach, shunday xulosaga kelgan.

Iqtibos

"Bugun qozoqlar ishlagan "To‘maris" filmini ko‘rdim. G‘alati eshitilarkan! Aslida bu kartinani o‘zbeklar suratga olsa, ko‘proq yarashardi. Yo‘q, biznikilar eplolmasdi! Qozoqlar zo‘r ishlabdi!", deb yozgan bloger.

"To‘maris" filmi

Bu film Qozog‘iston kinoijodkorlari tomonidan 2019 yilda suratga olingan. Ssenariysini Nursulton Nazarboyevning kichik qizi Aliya Nazarboyeva yozgan. Rejissyor Akan Satayev.

Filmda al-Farobiy tilidan tarixiy shaxs To‘maris hayoti tasvirlangan. Unda o‘zbek aktyorlaridan Nozim To‘laxo‘jayev ham rol ijro etgan. Kartinaga 6,5 mln. dollar sarflangan.

Taqrizchining yozishicha, ssenariy, syujet, sahnalar va dialoglar yaxshi. Film qozoq kino sanoati qanchalik rivojlanib ulgurganini isbotlagani aytilgan.

Shuningdek, jurnalist o‘zbek va qozoq kino sanoatini solishtira olmasligini ham ta’kidlagan. Chunki O‘zbekistonda hali Qozog‘iston kinolarichalik solishtiradigan filmlar suratga olinmagan.

Iqtibos

"Uni o‘zbek kinolari bilan solishtira olmayman. Negaki o‘zbek kinematografiyasida bunday kartina yo‘q, men ko‘rmaganman. Ya’ni keng masshtabda suratga olingan, pul ayalmagan, real jangari sahnalarga boy o‘zbek filmi yo‘q hali.

"To‘maris" — Qozog‘iston filmi, 2019

Rejissyor: Akan Satayev
Ssenariy mualliflari: Aliya Nazarboyeva, Timur Jaksilikov
Prodyuserlar: Aliya Nazarboyeva, Svetlana Nam, Anna Chakirtova
Janri: drama, tarixiy
Byudjeti: $6 500 000
Jahon premyerasi: 2019 yil 1 oktyabr
Davomiyligi: 155 daq. / 02:35
IMDb: 7.1/10
 

Eslatma! Muallif fikri sayt nuqtai nazaridan farqlanishi mumkin.

 

Kiritildi: 20:44 17.04.2020. O'qildi: 4559 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!