Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Juma namozi vaqtidagi portlashda masjidda qurbon bo‘lganlar soni 46 kishiga yetdi

A A A
Juma namozi vaqtidagi portlashda masjidda qurbon bo‘lganlar soni 46 kishiga yetdi

Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi shia masjidida juma kuni sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 46 kishi halok bo‘ldi, 143 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasidagi manbaga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

"Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 46 kishi halok bo‘lgan, 143 kishi jarohatlangan", - dedi manba.

Avvalroq, voqea guvohining RIA Novosti agentligiga aytishicha, jarohatlanganlar soni 100 dan oshgan, 20 ga yaqin kishi qurbon bo‘lgan. O‘z navbatida, ommaviy axborot vositalari portlash oqibatida 60 kishi halok bo‘lgani va 100 dan ortiq odam jarohatlangani haqida xabar bergandi.

Qayd etilishicha, o‘lganlar va jarohatlanganlarning barchasi masjiddagilar. Tolibon harakati vakili Zabiulla Mujohidga ko‘ra, portlash joyiga maxsus kuchlar yetib kelgan va tergov davom etmoqda.

OAV harakatning mahalliy vakiliga tayanib, portlashni xudkush terrorchi uyushtirganini xabar qildi. Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Said Xosti RIA Novosti agentligiga portlashni tasdiqladi, lekin qurbonlar soni noma’lumligini ta’kidladi. Keyinchalik, "Islomiy davlat" terrorchilik guruhi portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Kiritildi: 13:36 09.10.2021. O'qildi: 2444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!