Qo‘shma Shtatlar va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama tarif kelishuvlari adolatli savdoning asosiy tamoyilini buzishi mumkin.
Bu haqda Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala Financial Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi .
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi boj urushi so‘nggi paytlarda pasayganiga qaramay, global savdo inqirozda:
“Biz ikki tomonlama muzokaralar olib borayotgan JST a’zolariga tashkilot qoidalariga imkon qadar ko‘proq rioya qilishga harakat qilishlari kerakligini aytdik”.