Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi

JSST zudlik bilan vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan 17 ta patogen ro‘yxatini taqdim etdi.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, OIV, bezgak va tuberkulyozga qarshi yanada samarali vaksinalar yaratish bo‘yicha izlanishlarni davom ettirish kerak. Chunki xuddi shu xastaliklar tufayli yiliga 2,5 million kishi hayotdan ko‘z yummoqda.

🔢JSST ro‘yxatidan joy olgan birinchi guruhga munsub quyidagi kasalliklarga qarshi hali emlash vositalari mavjud emas:

➡️ A guruhiga kiruvchi streptokokklar,
➡️ gepatit C virusi,
➡️ OIV-1 (HIV-1)
➡️ Klebsiyella pnevmoniyasi.

🔢Ikkinchi guruhga mansub quyidagi patogenlarga qarshi vaksinalar yaratilgan, ammo ularni kelgusida yanada takomillashtirish zarur:

✅ sitomegalovirus,
✅ gripp virusi,
✅ leyshmanioz,
✅ salmonellyoz,
✅ norovirus,
✅ bezgak plazmodiyasi,
✅ shigella,
✅ tillarang stafilokokk.

🔢Uchinchi guruhga mansub quyidagi kasalliklarga qarshi vaksinalar esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinish arafasida:

✅ denge bezgagi,
✅ B guruhiga kiruvchi streptokokklar,
✅ ichak tayoqchasi,
✅ tuberkulyoz,
✅ respirator-sinsitial virus.

Kiritildi: 19:23 11.11.2024. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!