Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

JSST xodimlarning ish haqini moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda

JSST xodimlarning ish haqini moliyalashtirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) AQSh mablag‘larining qisqarishi tufayli kelgusi ikki yil ichida xodimlarining ish haqining 25 foizini to‘lash uchun mablag‘ yetishmayapti.

Bu haqda JSST bosh direktorining ma’muriy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yordamchisi Raul Tomas tashkilot shtab-kvartirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator sabablarga ko‘ra tashkilot qisqartirishi kerak bo‘lgan xodimlarning aniq sonini oldindan aytish juda qiyin.

"Biz aniq bilamizki, bizning moliyaviy hisob-kitoblarimizga ko‘ra, keyingi ikki yillik ish haqi byudjetining 25 foizi yopilmagan", dedi Tomas.

Kiritildi: 06:21 02.05.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!