Falastinlik ayol va bolalarga ko‘rsatgan yordami uchun JSST O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari Xans Klyuge O‘zbekiston hukumatiga ushbu yordam uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning bunday harakatlari insonparvarlik va tinchlikparvarlikning yorqin namunasidir.