Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

JSST: Talk kukuni saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin

JSST: Talk kukuni saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin

🔬 Kanserogenlar saraton kasalliklari rivojlanish xavfini oshiruvchi moddalardir. Ular ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari, konservantlar, aromatizatorlar, polisiklik uglevodorodlar, azobo‘yoqlar, nitrozaminlar, og‘ir metall tuzlari, alkaloidlar tarkibida ko‘p uchraydi.

📌 Endi ushbu ro‘yxat yanada kengaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti huzuridagi Xalqaro Saraton tadqiqotlari agentligi (IARC) talk kukunini potensial kanserogen moddalar ro‘yxatiga kiritdi.

🩺 Buning uchun 13 mamlakatdan jalb etilgan 29 nafar ekspertdan iborat ishchi guruh o‘rganishlar olib bordi. Mazkur jarayonda talk kukunidan foydalangan ayollarda tuxumdon saratoni bilan kasallanish holatlari ko‘paygani hisobga olindi.

🧫 Qolaversa, sellyuloza-qog‘oz sanoatida xotin-qizlarning talk bilan ta’sirlanishiga qaratilgan tadqiqotlar natijalari ham tahlil qilib chiqildi. Shu tariqa bu mineral 2A xavf guruhiga mansub, deb tasniflandi.

🔎 O‘z navbatida, talk kukuni bilan ishlov berilgan tajriba kalamushlarida xavfli o‘smalar rivojlanishi qayd etilgan izlanishlar xulosalari inobatga olindi.

📎 Eslatib o‘tamiz, talk yer ostidan qazib olinadigan tabiiy mineral bo‘lib, ko‘pincha bolalar kukuni tayyorlashda qo‘llaniladi.

Kiritildi: 13:22 09.07.2024. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!