Dushanba kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni tekshirish, ushbu pandemiyaning tarqalishini sekinlashtirishning eng yaxshi usuli ekanligini ta’kidladi va barcha davlatlarni mazkur tizimni rivojlantirishga chaqirdi.
Shuningdek, yuzaga kelayotgan tanqisliklarni bartaraf etish uchun kompaniyalarni muhim jihozlarni ko‘proq ishlab chiqarishga undadi.
«Bizning barcha mamlakatlarga murojatimiz shu -tekshiring, tekshiring va yana tekshiring. Hamma davlatlar virus borligi gumon qilingan odamlarning har birini tekshirib ko‘rishga qodir bo‘lishlari kerak. Tekshirishlarsiz virus bilan kasallanganlarni izolyasiyaga olib bo‘lmaydi va infeksiyaning tarqalish zanjiri buzilmaydi” dedi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyses, Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Shuningdek, Gebreyses COVID-19 ni «zamonimizning global sog‘liqni saqlash inqirozi» deb atadi.
Tedrosning ta’kidlashicha, hatto ilg‘or sog‘liqni saqlash tizimiga ega mamlakatlar ham ushbu kasallikka qarshi kurashishda qiyinchilikda duch kelmoqdalar.
JSST rahbari virusning kam daromadli davlatlarga ta’sir qilishidan qattiq xavotirda ekanligini bildirgan. Chunki, bunday mamlakatlar aholisining virusdan boshqa muammosi ham talaygina – ular to‘yib ovqatlanmaydi va boshqa sog‘liq muammolari bilan ham kurashmoqda.
Manba: tarjumon. uz