Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus O‘zbekiston Birinchi xonimining insonparvarlik missiyasini yuqori baholadi. U o‘z postida shunday yozadi: "Ziroat Mirziyoyeva bilan bolalar saratoniga qarshi kurash va sog‘liqni saqlashdagi tenglikni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni muhokama qilganimdan mamnunman".
Doktor Tedrosning xulosasiga ko‘ra , Ziroat Mahmudovnaning bu sohadagi yetakchiligi va shaxsiy tashabbuslari ko‘plab bolalar hayotini saqlab qolishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonning bu boradagi tajribasini diqqat bilan kuzatmoqda.