Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, Kongo Demokratik Respublikasida Ebola bilan kasallanganlarning haqiqiy soni rasmiy ko‘rsatkichlardan (taxminan 2 mingta kasallanish va 700 dan ortiq o‘lim holati) 4 barobar ko‘p bo‘lishi mumkin.
JSST ekspertining tushuntirishicha, yangi kasallanish holatlarining taxminan 80 foizi kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlar ro‘yxatidan tashqarida aniqlanyapti, ya’ni infeksiyaning yuqish zanjirlari noma’lumligicha qolmoqda.