Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

JSST: Gepatit har 30 soniyada bir kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda

JSST: Gepatit har 30 soniyada bir kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda

Kecha dunyo bo‘ylab Xalqaro gepatitga qarshi kurash kuni keng nishonlandi. Shu munosabat bilan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bu kasallikni bartaraf etish va asoratlarini kamaytirishga doir bayonot bilan chiqdi.

“Har 30 soniyada sayyoramiz bo‘yicha bir bemor og‘ir jigar xastaligi yoki virusli gepatit tufayli kelib chiqadigan saratondan vafot etadi. Shunga qaramay, bizda bu epidemiyani to‘xtatish uchun barcha vosita hamda imkoniyatlar mavjud", — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.

🔬 Qayd etilishicha, virusli gepatitning A, V, S, D va YE turlari — o‘tkir jigar infeksiyalarining asosiy omillari. Ulardan faqat V, S va D turlari jigar yetishmovchiligi va sirrozi, jigar saratoni xavfini sezilarli darajada oshiradigan surunkali kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

➡️ Biroq virusni yuqtirgan insonlarning aksariyati o‘z xastaligidan bexabar. Tahlillarga ko‘ra, hozir dunyoda gepatitning V, S va D turlariga chalingan 300 million nafardan ortiq bemor bor. Har yili ulardan 1,3 million nafardan ziyodi xastalik oqibatida vafot etmoqda.

📊 Shunga qaramay, gepatit bo‘yicha milliy harakat rejasiga ega mamlakatlar soni 2025 yilda 59 tadan 123 taga ko‘paygani ijobiy hol. Qolaversa, joriy yilda 129 ta davlat homilador ayollarda gepatit B ni tekshirish siyosatini ishlab chiqdi. Bu 2024 yilga solishtirganda 23 ta ko‘p ko‘rsatkichdir.

💉 O‘z navbatida, 147 davlat (ikki yil avval 138 ta edi) yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun gepatit B ga qarshi emlashni joriy qildi.

🔎 Lekin hali muammolar ko‘p. Masalan, 2024 yilda gepatitning B turi bilan og‘rigan har sakkiz odamdan faqat bir nafariga, C turi bilan kasallanganlarning esa uchdan bir qismidan sal ko‘prog‘iga tashxis qo‘yilgan.

📌 Muolajalar qamrovi borasida ahvol bundan ham yomonroq: gepatit B ga chalinganlarning atigi 3 foizi va gepatit S ni yuqtirganlarning bor-yo‘g‘i 20 foizi zarur davolanish kurslarini olgan, xolos.

🔎 Tabiiyki, bu raqamlar JSSTning 2025 yilga mo‘ljallangan global maqsadlarida ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlardan ancha kam. Ya’ni diagnostika bo‘yicha 60 foiz, muolaja borasida 50 foizlik natija marra sifatida belgilangan.

‼️ Vaholanki, bu global maqsadlar ro‘yobi 2030 yilgacha 2,8 million kishining hayotini saqlab qolishga, 9,8 million kasallanish holatlarining oldini olishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

🔗 Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning 2022 yil 16 maydagi tegishli qaroriga muvofiq, shu yil 1 iyulga qadar yurtimizda 1 million 595 ming nafardan ziyod aholi gepatitning V va S turlarini erta aniqlashga qaratilgan tekshiruvlardan o‘tkazilib, kasallikning S turi tasdiqlangan bemorlarga “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalari bepul berilmoqda.

Kiritildi: 13:41 29.07.2025. O'qildi: 819 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!