Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

JSST: Yevropa mintaqasida qizamiqqa chalinish holatlari rekord darajaga yetdi

JSST: Yevropa mintaqasida qizamiqqa chalinish holatlari rekord darajaga yetdi

Yangi taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo mamlakatlarda o‘tgan yili qizamiqqa chalinish bilan bog‘liq 127 mingdan ziyod holat qayd etilgan.

Xavotirli jihati, bu — 2023 yilga nisbatan ikki baravar ko‘p hamda 1997 yildan beri ro‘yxatga olingan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

🩺 JSST va YUNICEFning bu boradagi tahlilida keltirilishicha, Yevropa hamda Markaziy Osiyoning 53 davlatini o‘z ichiga olgan mintaqada qizamiq tashxisi qo‘yilgan bemorlarning 40 foizdan ortig‘ini besh yoshgacha bo‘lgan bolalar tashkil qiladi.

📌 O‘sish sur’atlari koronavirus pandemiyasi davrida emlash qamrovi pasayishi bilan bog‘liq. Ammo ekspertlar hali-hanuz bir qator mamlakatlarda vaksinalar qabul qilish ko‘rsatkichi pandemiyadan oldingi darajaga qaytmaganidan xavotirda. Bu esa epidemiya xavfini oshirmoqda.

‼️Shundan kelib chiqib, YUNICEF va JSST qizamiq epidemiyasi faol bo‘lgan mamlakatlar hukumatlarini zudlik bilan kasallanish holatlarini aniqlash va emlash kampaniyalarini kuchaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: 10:33 18.03.2025. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!