Vaholanki, JSST 2025 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 26,2 taga tushirishni global maqsad sifatida belgilagandi. Ammo ana shu reja bajarilishi ko‘zda tutilganidan 55 foiz ortda qolmoqda.
Koronavirus pandemiyasi, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ekstremal ob-havo hodisalari, kasallikning dori vositalariga chidamliligi ortishi bezgakka qarshi kurash samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.
Ekspertlar fikricha, agar hozir zarur choralar ko‘rilmasa, bezgak epidemiyasi insoniyat salomatligi uchun yanada global xatarga aylanib, so‘nggi yigirma yil davomida erishilgan yutuqlar chippakka chiqishi mumkin.
Chunki 2000 yildan 2019 yilgacha ushbu kasallikdan yillik o‘lim ko‘rsatkichi sezilarli darajada, ya’ni 864 mingdan 576 mingtagacha kamaygandi. Biroq pandemiya davrida o‘sish dinamikasi qayd etilib, o‘tgan yilining o‘zida 608 ming kishi bezgak oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Eng yomoni, ularning katta qismi bolalardir.