Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti AQSh prezidenti Donald Trampning tashkilotni tark etish qaroridan keyin xarajatlarni qisqartiradi va dasturlarga ustuvorlik beradi.
Bu haqda JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreesus ma’lum qildi.
Dushanba kuni inaugurasiyadan so‘ng, Tramp JSSTni COVID-19 pandemiyasi va boshqa xalqaro sog‘liqni saqlash inqirozlarini noto‘g‘ri boshqarishda aybladi. Oq uy rahbari AQShning tashkilotdan chiqishi haqidagi farmonni ham imzoladi.
" Bu e’lon bizning moliyaviy ahvolimizni yanada og‘irlashtirdi ... " dedi Gebreesus 23 yanvardagi eslatmada.
Hujjatda aytilishicha, JSST sayohat xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish va pulni tejash uchun xodimlarni yollashni to‘xtatishni rejalashtirmoqda.
Memorandumda, shuningdek, JSST tashkilotdagi byudjet va ichki o‘zgarishlarga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rayotgani, ammo mavjud vaziyat tufayli ular etarli emasligi qayd etilgan. Bundan buyon JSST barcha yig‘ilishlarni videokonferensiya orqali o‘tkazishni, IT uskunalarini almashtirishni cheklashni va agar xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lmasa, ofislarni ta’mirlashni to‘xtatib turishni rejalashtirmoqda.
Tashkilotning umumiy moliyalashtirishning qariyb 18 foizi AQSh tomonidan ta’minlanadi. JSSTning 2024-25 yillarga mo‘ljallangan so‘nggi ikki yillik byudjeti 6,8 milliard dollarni tashkil etdi.