Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoatchilik oldida ko‘zi osti ko‘kargan holda ko‘rinish berdi.
Yakshanba kuni "Qirollik klubi" Gelzenkirxenda Germaniyaning "Shalke 04" jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bahsdan keyin jurnalistlar portugaliyalik mutaxassisdan yuzidagi ko‘karish qanday paydo bo‘lgani haqida so‘rashdi.
"Mashg‘ulot vaqtida to‘p ko‘zimga tegdi. Balki ko‘zoynak taqqanimda bu ko‘karish bo‘lmasdi. Ammo vaziyat bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi", — deya Mourinyoning so‘zlarini Yahoo Sports keltiradi.
"Real" navbatdagi shanba kuni Ispaniya La Ligasining yangi mavsumi birinchi turida "Espanyol"ga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.