Gruziya polisiyasi 14 dekabr kuni Gudauri qishlog‘idagi tog‘-chang‘i kurortidagi restoranda jasadlari topilgan 12 kishining o‘limi yuzasidan tergov olib borilayotganini ma’lum qildi.
Halok bo‘lganlarning jasadi - 11 nafar xorijlik va bir nafar Gruziya fuqarosi - nomi oshkor etilmagan hind restoranining ikkinchi qavatidagi yotoqxonalardan topilgan. Taxminlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar restoran ishchilari bo‘lgan.
Polisiya odamlar baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lganini tan oldi.Polisiyaning qayd etishicha, yotoqxonalar yaqinidagi yopiq maydonda generator ishlayotgan bo‘lib, elektr quvvati uzilishi sababli yoqilgan.
Polisiya ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish (Gruziya Jinoyat kodeksining 116-moddasi) moddasi bo‘yicha tergov boshladi. Mazkur ish doirasida o‘limning aniq sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.