Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Innovasion rivojlanish agentligi axborot xizmati rahbari Hojiakbar Karimov ma’lum qildi.
Innovasion rivojlanish agentligi tomonidan 2023 yil I yarim yillik davrida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ehtiyojlari hamda muammolarining yechimiga qaratilgan 5 turlarda 27 ta tematik mavzular, 2 ta xalqaro loyihalar va 1 ta olima ayollar tanlovlari e’lon qilindi.
Shuningdek, umumiy qiymati 150,15 mlrd so‘mlik 140 ta xalqaro qo‘shma loyiha Xitoy, Hindiston, Turkiya, Vengriya, Yaponiya va Belarus kabi davlatlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Xisobot davri mobaynida umumiy qiymati 112,1 mlrd. so‘mlik 326 ta ishlanma tijoratlashtirildi, shundan 68,33 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi, 43,78 mlrd. so‘mlik xizmat ko‘rsatildi.
Sirdaryo hamda Navoiy viloyatlarida yoshlar texnoparklari binolari to‘liq bitkazilib foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda Jizzax, Namangan, Buxoro, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida Yoshlar texnoparklari binolari qurilish ishlari boshlab yuborildi.