Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Jo Bayden Benyamin Netanyaxuni Oq uyga taklif qilmoqchi emas

Jo Bayden Benyamin Netanyaxuni Oq uyga taklif qilmoqchi emas

Jurnalistlar bilan suhbatda Baydendan Netanyaxuning sud-huquq islohoti qonunchiligini olg‘a siljishiga qarshi mamlakat bo‘ylab hukumatga qarshi norozilik namoyishlaridan so‘ng Isroil eng qiyin nuqtada ekanligiga ishonasizmi, deb so‘rashdi. «Ular qanday nuqtadaligini bilmayman, lekin menimcha, bu qiyin holat va ular buni aniqlashlari kerak», dedi Bayden.

Prezident: “Umid qilamanki, u [Netanyaxu] bundan voz kechadi”, deb qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Baydendan Isroil bosh vazirini Vashingtonga taklif qilish-qilmasligi so‘ralganda «Yo‘q, yaqin orada emas”, - deb javob berdi.

Kechqurun Tvitterdagi postida Netanyaxu Baydenga javob qaytardi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh bosimi oxir-oqibat Netanyaxuni Isroil tarixidagi eng o‘ng qanot hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan sud tizimini isloh qilish rejasidan voz kechishga olib keldi.

“Isroil va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi ittifoq buzilmaydi va har doim oramizdagi vaqti-vaqti bilan yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni bartaraf etiladi”, degan Netanyaxu o‘z postida. Demokratiyaga putur yetkazayotgani haqidagi da’volarni rad etgan isroillik siyosatchi uning ma’muriyati hukumatning uchta tarmog‘i o‘rtasida to‘g‘ri muvozanatni tiklash orqali demokratiyani mustahkamlash tarafdori ekanini aytgan.

“Isroil o‘z qarorlarini chet el, jumladan, eng yaxshi do‘stlar bosimiga asoslanmagan holda, o‘z xalqining xohish-irodasiga ko‘ra qabul qiladigan suveren davlatdir", dedi u. Bu aftidan, AQSh va Isroil o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashganidan dalolat beradi.

Kiritildi: 20:16 29.03.2023. O'qildi: 2684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!