Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxlik yigit 19 yoshli qizdan "shantaj" yo‘li bilan 10 ming dollar talab qildi

Jizzaxlik yigit 19 yoshli qizdan "shantaj" yo‘li bilan 10 ming dollar talab qildi

Jizzaxda o‘smir yigit tovlamachilik qildi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha Jizzaxning Sharof Rashidov tumanida yashovchi 19 yoshli SH.J. 22 yoshli yigit B.B. bilan uchrashib yurgan. Shu yilning yanvar oyida yigit qizning telefonida suratlarni o‘ziga o‘tkazib olgan va ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuboraman deb qo‘rqitib, 10 ming dollar talab qilgan. Shundan so‘ng qiz Jizzax viloyat IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. 

Shunga asosan 2020 yilning 25 yanvar sanasida yigit 25 mln so‘mni olayotganda qo‘lga olingan. 

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:26 29.01.2020. O'qildi: 3869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!