Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxga kelgan sel yo‘lni yuvib ketdi

Jizzaxga kelgan sel yo‘lni yuvib ketdi

Bugun, 27 may kuni Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sel kelishi oqibatida avtomobil yo‘lining bir qismi qum-tosh massalari bilan yopilib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Zomin tumanining ayrim hududlarida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida soy (sel yo‘llari)lardan yomg‘ir suvlarining to‘planib oqishi kuzatilgan. Sel suvlari kelishi oqibatida “Duoba” MFY, Qorong‘usoy qishlog‘i hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining bir qismi qum-tosh massalari bilan yopilib qolgan. Oqibatda ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalarining qatnovi vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Vazirlikka ko‘ra, fuqarolar, aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va chorva mollariga zarar yetmagan. Ayni paytda maxsus muhandislik texnikalari yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 17:14 27.05.2025. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!