Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Jizzaxda voyaga yetmagan qiz haqida atayin yolg‘on xulosa bergan ekspertga sud hukmi o‘qildi

Jizzaxda voyaga yetmagan qiz haqida atayin yolg‘on xulosa bergan ekspertga sud hukmi o‘qildi

P.Samadov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) ekspert sifatida ishlab kelib, 2021 yil 13 iyul kuni yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olib, ekspertiza ko‘rigiga onasi Tolipova Norxol Otabek qizi bilan birga kelgan, voyaga yetmagan Sindarova Oygul Baxodir qizining tanasidagi tan jarohatlarini ko‘rib, ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazib, bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilgan bo‘lsada, voyaga yetmagan Sindarova Oygulning yo‘l-transport hodisasi oqibatida bosh sohasidan og‘ir tan jarohati olib, RSHTYOIM Jizzax filialida davolanib chiqqanligini bilsada, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 1 iyundagi “Sud-tibbiy ekspertiza byurosining tuzilmalarida ekspertiza va tekshiruvlarni o‘tkazish qoidalari to‘g‘risida” gi 153-sonli buyrug‘i talablarini qo‘pol ravishda buzib, uning kasallik tarixi va boshqa tibbiy xujjatlarini talab qilmasdan, Zomin tumani tibbiyot birlashmasidan berilgan tibbiy ma’lumotnomaga asoslanib, voyaga yetmagan Sindarova Oygulning tanasidagi tan jarohatlarining og‘irlik darajasi bo‘yicha “Sog‘ligining buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati” deb bahonilishi to‘g‘risida yolg‘on xulosa bergan.

Mazkur ish bo‘yicha tayinlangan qayta komission sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasida, “Voyaga yetmagan Sindarova Oygulning tanasidagi tan jarohatlari ya’ni: bosh miya yopiq jarohati, kallaning ensa va chakka suyaklarining yoriqli sinishi. Bosh miyaning lat yeyishi bilan, bosh miya yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi chap quloq suprasi o‘ng yelka chap bilak sohasidagi qontalashlar, harakatda bo‘lgan avtoulovni old bo‘rtib chiqqan qismlari bilan urib yetkazilganligi, og‘irlik darajasi bo‘yicha hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati guruhiga kirishligi ko‘rsatilgan.

Apellyasiya instansiyasi sudida so‘ralgan P.Samadov o‘zining aybiga iqrorlik bildirmasdan ko‘rsatuv bergan bo‘lsada, uning aybi sud majlisida so‘roq qilingan guvohlarning ko‘rsatuvlari, shuningdek, ish hujjatlarida mavjud bo‘lgan tushuntirish xatlari, yuzlashtirish bayonnomalari, sud tibbiy ekspertizasining xulosasi, sud tibbiy ekspertizasining qayta komission xulosasida, “voyaga yetmagan Sindarova Oygulning tanasidagi tan jarohatlari ya’ni, bosh miya yopiq jarohati, kallaning ensa va chakka suyaklarining yoriqli sinishi, bosh miyaning lat yeyishi, bosh miya yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, chap quloq suprasi, o‘ng yelka chap bilak sohasidagi qontalashlar, harakatda bo‘lgan avtoulovni old bo‘rtib chiqqan qismlari bilan urib yetkazilganligi, og‘irlik darajasi bo‘yichahayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlar” guruhiga kirishligi haqidagi xulosasi hamda jinoyat ishida to‘plangan dalillar yig‘indisi bilan to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi.

Sud tomonidan P.Samadovga O‘zbekiston Respublikasi JK 238-moddasining 1-qismi bilan JKning 45-moddasiga asosan 1 yil muddatga sud tibbiyot ekspertiza muassasalarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Mazkur jinoyat ishi Jizzax viloyat sudi apellyasiya instansiyasida ko‘rilib, P.Samadovga nisbatan chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi.

Anvar Xomidov,

Jizzax viloyat sudining sudyasi

Kiritildi: 18:07 21.11.2022. O'qildi: 3624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!