Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

Jizzaxda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “SH. G. G.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-80 markali avtobenzin yoqilg‘isi laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (16,4 mln so‘m) jarima qo‘llanildi.

1️⃣ Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: Bugun 11:31. O'qildi: 209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!