Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda maktab yoshlari yetakchisi bolalarni to‘plab urishtirgani rostmi?

Jizzaxda maktab yoshlari yetakchisi bolalarni to‘plab urishtirgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqda “Jizzaxda maktab yoshlari yetakchisi bolalarni to‘plab urishtirgani rostmi?” mavzuidagi videolavha e’lon qilindi.
Ushbu videoda tasvirlangan holat yuzasidan Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va Zomin tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlaridan iborat shoshilinch ishchi guruh tuzildi va xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.
Tekshiruv doirasida video tasvirlangan holat Jizzax viloyati, Zomin tumani, Dashtobod shaharchasidagi Paxtakor mahallasida 2020 yilning 5 fevral kuni taxminan soat 17:30 lar atrofida sodir bo‘lgani aniqlandi.
Unda Jizzax viloyati, Zomin tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9- va 10-sinf o‘quvchilari va yuqorida ko‘rsatilgan hududda istiqomat qiluvchi bir necha uyushmagan yoshlar ishtirok etgan.
Biroq tasvirdagi sharhda o‘zaro kelishmovchilikni boshqargan deb aytilayotgan “Yoshlar yetakchisi” fuqaro Bobur Mahammatqulov 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ishlamasligi ma’lum bo‘ldi. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda fuqaro B. Mahammatqulov yoshlar o‘rtasida tortishuv bo‘layotganligini ko‘rib, o‘quvchilarni ajratishga uringan.
O‘rganish jarayonida videoda janjallashayotgan bolalar Zomin tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10–sinf o‘quvchisi S.N. va 9-sinf o‘quvchisi T.O‘. bo‘lib, video shu maktabning 9-sinf o‘quvchisi K. A. tomonidan qo‘l telefoniga tasvirga olingan va videoni blogerga yuborgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Zomin tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Surishtiruv ishlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Kiritildi: 10:04 12.02.2020. O'qildi: 2715 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!