Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Jizzaxda kreditdan qarzdor MCHJning garaji xatlandi

Jizzaxda kreditdan qarzdor MCHJning garaji xatlandi

Mazkur mulk elektron onlayn savdolar orqali sotiladi.

Qarz — mas’uliyat. U qarz beruvchiga ham, qarz oluvchiga ham birdek tegishlidir. Agar har ikki tomon buni anglab yetmasa, mulkidan ayrilib qolishi ehtimoli yuqori.

Xususan, sudning "L.E" MCHJ hisobidan undiruvchi bank foydasiga 1,2 milliard so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasi Byuroning Jizzax viloyati boshqarmasi huzuridagi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘’basi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli barcha mol-mulk hamda hisob raqamlariga taqiq qo‘yilgan. Qarzdorlikni o‘z vaqtida to‘lash masalasida jamiyat mas’ullari bir necha bor ogohlantirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdorga tegishli Zafarobod tumanida joylashgan garov mulki — noturar bino (garaj) xatlovga olingan.

Kelgusida mazkur mulk elektron onlayn savdolar orqali sotilib, savdodan tushgan mablag‘ hisobidan mavjud qarzdorlik qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.

Kiritildi: 18:15 06.10.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!