Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzaxda katta tezlikda harakatlangan "Lacetti" daraxtga borib urildi. Qurbonlar bor

Jizzaxda katta tezlikda harakatlangan "Lacetti" daraxtga borib urildi. Qurbonlar bor

Joriy yilning 4 yanvar kuni soat 17:30 larda, Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi 4P-41 "G‘allaorol-O‘smat-Baxmal" avtomobil yo‘lining 16-kilometrida "Baxmal-G‘allaorol" yo‘nalishida haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan O.M. "Lacetti" rusumli avtomobilda yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, transport vositasi daraxtga urilgan.

YTH natijasida avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchilar, 2004 yilda tug‘ilgan N.A. olgan og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida, 1968 yilda tug‘ilgan K.K. shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, avtomobil haydovchisi hamda salonda bo‘lgan yana bir yo‘lovchi yengil tan jarohatlari olgan.

Mazkur YTH yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:46 07.01.2023. O'qildi: 3368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!