Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Jizzaxda hech qanday hujjatsiz pnevmatik qurol olib yurgan fuqaro aniqlandi

A A A
Jizzaxda hech qanday hujjatsiz pnevmatik qurol olib yurgan fuqaro aniqlandi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida hech qanday hujjatsiz pnevmatik qurol olib yurgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Paxtakor tuman ekologiya inspeksiyasi hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda ekologik nazorat reydlari o‘tkazilgan. Reydlar davomida Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumanida tug‘ilgan, ayni damda Paxtakor tumani “Nurli Pangat” MFYda yashovchi fuqaro H.H. ov qilish maqsadida hech qanday hujjatlarsiz qurol olib yurgani ma’lum bo‘lgan.

Ushbu qurol Rossiyada ishlab chiqarilgan MR-512 bo‘lib, uning seriya raqami — 0251232116. Fuqarodan qurol tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan va tuman IIB topshirilgan.

Kiritildi: 09:59 26.02.2024. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!