Jizzaxda haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki aka-ukani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
9 dekabr kuni soat 19:30 atrofida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 22 yoshli haydovchi ikki nafar maktab o‘quvchisini urib yubordi.
Baxtsiz hodisa oqibatida ulardan biri olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Jabrlanganlarning ikkinchisi og‘ir ahvolda tez tibbiy yordam shifoxonasiga yetkazilgan.
IIB ular aka-uka ekanligini ta’kidladi. Maktab o‘quvchilari uylariga suv olib kelish uchun ko‘chani kesib o‘tishayotgan bo‘lgan.