Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda fuqaroni Koreyaga yuborish uchun 65 mln so‘m olgan shaxs ushlandi

Jizzaxda fuqaroni Koreyaga yuborish uchun 65 mln so‘m olgan shaxs ushlandi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Zarbdor tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro SH.R. fuqaro E.M. ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini Koreya davlatiga ishlashga yuborishni va’da qilib, evaziga 65 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Kiritildi: Bugun 15:52. O'qildi: 343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!