Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Jizzaxda bozor yonidagi choyxonada yong‘in chiqdi

Jizzaxda bozor yonidagi choyxonada yong‘in chiqdi

Bugun, 17-may kuni Jizzaxda mahalliy bozor yaqinida joylashgan choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, yong‘in haqida xabar soat 13:18 da kelib tushgan. Hodisa joyiga ikki yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borgan. Soat 13:39 ga kelib olov o‘rab olinib, yong‘in keng tarqalishining oldi olingan. Ayni paytda to‘liq o‘chirish ishlari davom ettirilmoqda.

Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, go‘yoki bozorning o‘zi yonayotganiga doir mish-mishlarni rad etdi. Rasmiylar ta’kidlashicha, yong‘in bozorda emas, balki uning yonida joylashgan choyxonada yuz bergan.

Yong‘in sabablari va yetkazilgan zarar miqdori bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi.

Kiritildi: 14:12 17.05.2025. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!