Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida noqoquniy yo‘llar bilan AQShga yuborish evaziga pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jizzax viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Sharof Rashidov tumanida yashovchi fuqaro N.B. Zarbdor tumanidan bo‘lgan A.A.ni go‘yoki Meksika orqali AQShga ishga jo‘natish bahonasida aldagani aniqlangan. U fuqarodan jami 200 million so‘m (shu jumladan 11,2 ming dollar va 50 million so‘m) olmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.