Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Jizzaxda 667 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Jizzaxda 667 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi va Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda zargarlik buyumlarini noqonuniy savdoga chiqarish bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Tadbir davomida fuqarolar S.Sh va N.Sh hech qanday hujjatlarsiz 10 mln. so‘mlik tilla zargarlik buyumlarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, savdo do‘koni ko‘zdan kechirilganda, u yerda dastlabki baholashga ko‘ra qiymati 667 mln. so‘mni tashkil etuvchi, umumiy og‘irligi esa 530 gr bo‘lgan 131 dona zargarlik buyumlari borligi hamda tegishli hujjatlarsiz saqlanayotgani aniqlandi.

Mazkur buyumlar daliliy ashyo sifatida olindi va holat yuzasidan tegishli prosessual harakatlar olib borilmoqda.

Kiritildi: 20:15 31.05.2025. O'qildi: 579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!