Bugun 23 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Jizzax viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

Jizzax viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida “A. G.O.” MCHJga qarashli AYOQShda Ai-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (15,8 mln so‘m) jarima qo‘llanildi.

1️⃣ Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 17:36 22.10.2025. O'qildi: 445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!