Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Jizzax viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Jizzax viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “H.A.” xususiy korxonasi rahbari J.R. va dorixona sotuvchisi I.R. tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 136 dona “Omnadren 250” nomli dori vositasini fuqaro M.X.ga 7,3 mln so‘mga shifokor reseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, Departamentning Zafarobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.U. turli nomdagi tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 602 dona dori vositalarini 2,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:55. O'qildi: 134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!