Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Jizzax viloyatida bir guruh firibgarlar ushlandi

Jizzax viloyatida bir guruh firibgarlar ushlandi

Jizzax viloyatida fuqarolarni onlayn-treyding orqali tez daromad va’da qilgan holda Telegram-kanallar orqali aldab, ulardan katta miqdorda pul undirish bilan shug‘ullangan tashkil etilgan internet firibgarlik guruhi fosh etildi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Firibgarlikdan jabr ko‘rgan bir necha jizzaxlik fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Jabrlanuvchilardan biri firibgarlarga 20,8 million so‘m, yana bir ayol 4,82 million so‘m, boshqa bir erkak esa 3,8 million so‘m pul o‘tkazgan.

Kelib tushgan murojaatlar asosida surishtiruv ishlari boshlab yuborildi. Tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu sxema ortida tashkil etilgan jinoiy guruh turgani aniqlangan. Unga Namangan, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida yashovchi 6 nafar erkak va 3 nafar ayol — jami 9 kishi a’zo bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Guruhning barcha a’zolari qo‘lga olingan. Hozirda ularning boshqa shunga o‘xshash firibgarlik holatlariga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

Qidiruv va tintuv jarayonida gumondorlardan noutbuk, 10 dona bank plastik kartasi, 10 dona mobil telefon va jinoyatda foydalanilgan boshqa texnik vositalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Kiritildi: 18:08 20.05.2025. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!