O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Zomin tumanida joylashgan “A.O.” MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 marki avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu qoidabarzliq natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida (39,1 million so‘m) iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabarzliqka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.