"Atletik" vingeri Niko Uilyams o‘tgan yili "Barselona"ga o‘ta olmaganidan afsusda.
Kataloniya grandi futbolchi uchun uzoq vaqt kurashdi, ammo yakunda u rad javobini berdi va o‘z klubida qolishga qaror qildi. Endi vaziyat o‘zgardi: Uilyams "Barselona"ga o‘tishni istamoqda va transfer amalga oshishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini allaqachon ma’lum qilgan. Bundan tashqari, jurnalist Karlos Monfortning ma’lum qilishicha, ispaniyalik o‘tgan yili "ko‘k-anorranglilar"dan voz kechganidan afsusda ekanini tan olgan. Shuningdek, 22 yoshli futbolchi "Barsa"ning moliyaviy qiyinchiliklari ham, La Ligadan ro‘yxatdan o‘tishni rad etish xavfi ham uni xavotirga solmayotganini aytdi.
"Atletik" o‘z yulduzini qo‘yib yubormoqchi emas.