Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Jizzax shahriga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Jizzax shahriga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yil yakuniga qadar viloyatga yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.

Transport vazirligining xabar berishicha, viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Jizzax orient trans” XK tomonidan XXR ishlab chiqarilgan 30 dona zamonaviy “Zhongtong” rusumli avtobuslari olib kelindi.

Ushbu avtobuslar Jizzax shahridagi 3 ta yangi yo‘nalishlarga brutto-shartnomasi asosida joylashtirilishi rejalashtirilgan.

1-yo‘nalish: 107-sonli “Zilol MFY – Nurafshon MFY“ yo‘nalish
2-yo‘nalish: 110-sonli “So‘g‘diyona MFY – Uchariq MFY“ yo‘nalish
3-yo‘nalish: 113-sonli “Jizzax ASHB – Tovar XAB“ yo‘nalish
Kiritildi: 03:20 13.03.2025. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!