Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Jizzax shahrida tadbirkorning ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berishni va’da qilgan nazortchi ushlandi

Jizzax shahrida tadbirkorning ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berishni va’da qilgan nazortchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi bo‘lim nazoratchisi S.E. “I.S.” MCHJ rahbari O.ning ishonchiga kirib, MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berish va kelgusida uning faoliyatiga rahnamolik qilib turish evaziga joriy yilning may-iyul oylarida 400 AQSh dollari va 2 mln so‘mini qo‘lga kiritib, yana 3 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:00 23.08.2022. O'qildi: 2245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!