Prezidentning “2026–2027 yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ–35-son, 30.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Jizzax viloyatini 2026–2027 yillarda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi, jumladan:
Baxmal, G‘allaorol, Zomin, Forish va boshqa tumanlarning 57 ta bog‘dorchilikka ixtisoslashgan mahallalarida 5 ming gektar eski bog‘ va tokzorlarni yangilash belgilandi.
Sharof Rashidov, Do‘stlik, G‘allaorol, Arnasoy va Zafarobod tumanlarida 40 ta mahallani o‘z faoliyati bilan qamrab oluvchi 5 ta tadbirkorlik markazlari tashkil etiladi.
Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1 200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uylarni qurish belgilandi.