G‘azo fuqarolik mudofaasi agentligining xabar berishicha, Isroilning Xon Yunus qochqinlar lageriga kechasi uyushtirgan hujumi natijasida kamida 11 kishi, shu jumladan uch nafar yosh bola halok bo‘lgan.
Agentlik matbuot kotibi Mahmud Basal G‘azoning janubidagi Xon Yunus lagerida joylashgan al-Bayram oilasining uyi mahalliy vaqt bilan soat 3 da (Grinvich vaqti bilan soat 00:00 da) bombardimon qilinishi oqibatida 11 falastinlik halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Bassal aytishicha, halok bo‘lganlarning sakkiz nafari bir katta oilaga mansub bo‘lib, ular orasida bir yoshli o‘g‘il va qiz hamda bir oylik chaqaloq ham bor edi.
Voqea joyidan olingan videolavhada qutqaruvchilardan biri vayronalar orasidan chaqaloqning jonsiz tanasini olib chiqayotgani ko‘rsatilgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi shanba kuni bergan ma’lumotga ko‘ra, Isroil mart oyida HAMAS bilan bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzib, hujumlarni qayta boshlaganidan beri kamida 2396 kishi halok bo‘lgan. Bu esa urush boshlanganidan buyon halok bo‘lganlarning umumiy sonini 52 495 nafarga yetkazgan.