Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Jinoyatchi Isroil hujumlari G‘azo shifoxonalaridagi generatorlarga qaratildi

Jinoyatchi Isroil hujumlari G‘azo shifoxonalaridagi generatorlarga qaratildi

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning G‘azo shifoxonalarini ishdan chiqarish maqsadida ataylab elektr generatorlarini nishonga olganini ma’lum qildi.

Isroil kuchlari G‘azoni bombardimon qilishni davom ettirmoqda, tong otgandan beri kamida 42 kishi halok bo‘ldi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqining anklavdagi "dahshatli" urush haqidagi tanqidlarini rad etmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azoga bir nechta yordam mashinasi kirib kelganiga qaramay, Isroilning cheklovlari tufayli hududda hech qanday yordam tarqatilmagan.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 53 573 falastinlik o‘ldirilgan, 121 688 nafari yaralangan. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:33 21.05.2025. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!