Isroil hujumi boshlanganidan beri 420 mingdan ortiq odam Livanni tark etdi, 800 mingdan ortiq livanlik o‘z uylarini tark etgan.
BMTning Livandagi Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, Isroilning sentyabr oyi oxirida boshlangan Livanga hujumi ortidan 425 mingga yaqin odam Livanni tark etgan.
«23 sentyabrdan buyon 425 mingdan ortiq odam Livandan Suriyaga qochdu», — deyiladi hisobotda.
Tashkilot qayd etishicha, yana 16 700 livanlik Iroqqa yetib borgan.
Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha, 800 mingdan ortiq livanlik o‘z uylarini tashlab ketgan.