Shavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Jumladan:
«O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi» faxriy unvoni
Karimov Kenes Aytmuratovich - Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi
Sultonov Isajon Abduraimovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi
«O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni
Axmedov Elmurod G‘anisherovich - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli oliy toifali artist-maqomchisi
Ashiraliyev Furqatbek Davron o‘g‘li - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Yunus Rajabiy nomidagi «Maqom» ansambli oliy toifali artist-maqomchisi
Piyazov Jenisbek Burkitovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, opera xonandasi