Jenevada Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo masalalari bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Bu haqda "Sinxua" xabar berdi.
Agentlikining xabar berishicha, muzokaralarda Xitoy tomonidan mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifen, AQSh tomonidan esa moliya vaziri Skott Bescent vakillik qilmoqda.
The New York Post manbalariga ko‘ra, Tramp kelasi haftada Xitoy mahsulotlariga qo‘yilgan boj stavkalarini 145 foizdan 50 foizgacha tushirilishi mumkinligini bildirgan.
"Hozirda boj stavkalari 145 foiz darajasida, biz ularni pasaytirishimiz mumkin. Menimcha, bizda juda yaxshi munosabatlar bo‘ladi", — deya ma’lum qildi Donald Tramp.