Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Jeksonning "Thriller" klipidagi qora va qizil kurtkasi 10 million dollardan ortiqqa sotilishi kutilmoqda

Jeksonning "Thriller" klipidagi qora va qizil kurtkasi 10 million dollardan ortiqqa sotilishi kutilmoqda

Pop yulduzi Maykl Jeksonning 1983 yilda suratga olingan "Thriller" qo‘shig‘ining mashhur klipidagi qora va qizil charm kurtkasi 7-9 dekabr kunlari Abu-Dabida auksionda sotuvga qo‘yiladi.

Bu haqda Julien's Auctions e’lon qildi.

"Maykl Jekson: Moda merosi" mavzusidagi auksionda kurtka 10 million dollardan ortiqqa tushishi kutilmoqda.

Mashhur kurtkadan tashqari, Jeksonning kostyum dizaynerlari Dennis Tompkins va Maykl Bush tomonidan yaratilgan sahna liboslari, klip kiyimlari va shaxsiy liboslari ham auksionda sotuvga qo‘yiladi.

Qizig‘i shundaki, xuddi shu qora va qizil kurtka 2011 yilda Kaliforniyada 1,8 million dollarga sotilgan.

Kiritildi: 15:25 08.10.2026. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!