Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

JCH-2026. Kolumbiya Kongoni mag‘lub etdi va O‘zbekistonga pley-off uchun imkoniyat qoldirdi (videosharh)

JCH-2026. Kolumbiya Kongoni mag‘lub etdi va O‘zbekistonga pley-off uchun imkoniyat qoldirdi (videosharh)

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining navbatdagi uchrashuvida Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari o‘zaro bahs olib borishdi.

"K" guruhidan o‘rin olgan bellashuv Meksikaning Sapopan shahridagi «Akron» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Kolumbiya terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Yagona gol 76-daqiqada kolumbiyalik himoyachi Daniel Munyos tomonidan kiritildi. Kongo posboni esa o‘yin davomida bir nechta seyvlar namoyish etib, hisob yirik ko‘rinish olishiga yo‘l qo‘ymadi.

Ikki turdan so‘ng Kolumbiya 6 ochko bilan K guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinda 4 ochko bilan Portugaliya joylashgan. Kongo 1 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Hali ochko jamg‘argan O‘zbekiston milliy jamoasi so‘nggi turda Kongoni mag‘lub etsa, pley-off bosqichiga chiqishi mumkin.

Jahon chempionati-2026. K guruhi, 2-tur
24 iyun, chorshanba
Kolumbiya — Kongo DR — 1:0
Gol:
Daniel Munyos, 76.

Kiritildi: 10:15 24.06.2026. O'qildi: 1590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!